NUR

Yeremiyo 15

1Egamiz menga dedi: “Hatto Muso bilan Shomuil huzurimda turib, yolvorganda ham, Men bu xalqqa achinmagan bo‘lardim. Bu xalqni huzurimdan hayda! Yo‘qolishsin!

2Ular sendan “Qayerga boramiz?” deb so‘rashsa, ularga shunday deb ayt: Egamiz shunday demoqda: Hamma peshanasidagini ko‘rsin, Ba’zilar o‘latga yo‘liqib nobud bo‘lsin, Ba’zilar qilichdan o‘tkazilsin, Ba’zilar ochlikdan qirilib ketsin, Ba’zilar asirlikka tushib, surgunga ketsin.

3Egamiz demoqda: “Ularning boshiga to‘rt xil balo–ofatni keltiraman: ular qilichdan halok bo‘lishadi, jasadlarini itlar sudraydi, qushlar va yovvoyi hayvonlar ularni g‘ajib tashlaydi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →