NUR

Yeremiyo 12

1Sen bilan da’volashganimda, ey Egam, Sen har doim haq bo‘lib chiqasan. Shunday bo‘lsa–da, Sen bilan yana gaplashmoqchiman, Adolat xususida savol bermoqchiman. Nechun fosiqlarning ishi yurishadi? Nechun munofiqlar rohatda yashaydi?

2Ularni Sen ekib undirding, Ular o‘sib hosilga kirdilar. Noming ularning og‘zidan tushmaydi, Ammo dillari Sendan uzoqdir.

3Lekin Sen, ey Egam, meni bilasan. Sen meni sinagansan, Dilim Senga moyil ekanini O‘zing ko‘rding. Endi yovlarimni bo‘g‘izlanadigan qo‘ylarday sudragin! Bo‘g‘izlashga tayyorlab, ajratib qo‘ygin!

Nur ilovasida to'liq o'qish →