NUR
Hakamlar 7
1Yerubbaal, ya’ni Gido‘n, hamma lashkarlari bilan barvaqt turib, qarorgohini Xaro‘d bulog‘ining bo‘yida joylashtirdi. Midiyonlarning qarorgohi esa ulardan shimolda, Mo‘re tepaligining yonidagi vodiyda joylashgan edi.
2Egamiz Gido‘nga dedi: “Sening lashkaring juda ko‘p bo‘lgani uchun, Midiyonlarni qo‘llaringga berolmayman. Aks holda Isroil xalqi, Meni ulug‘lamay, g‘alabaga o‘z kuchimiz bilan erishdik, deb o‘ziga bino qo‘yadi.
3Dushmandan qo‘rqqanlarga ijozat ber, Gilad tog‘ini tark etib, uylariga qaytib ketsinlar.” Shunday qilib, odamlarning yigirma ikki mingtasi qaytib ketib, o‘n mingtasi qoldi.