NUR

Hakamlar 17

1Efrayim qirlarida Mixo degan bir odam yashardi.

2Bir kuni u onasiga shunday dedi: — Oyi, esingizdami 1100 bo‘lak kumushni o‘g‘irlatib qo‘ygan edingiz? O‘shanda o‘g‘rini oldimda qarg‘agansiz. Mana, o‘sha kumushingiz. Uni men olgandim. Shunda onasi: — Iloyim baraka topgin, o‘g‘lim! — dedi.

3Mixo 1100 bo‘lak kumushni onasiga qaytarib berdi. Onasi esa: — Men bu kumushni bosh–ko‘zingdan sadaqa qilib, Egamga bag‘ishlayman, — dedi, — undan quyma va o‘yma butlar yasattiraman. O‘sha kumush o‘zingga qaytib keladi, o‘g‘lim.

Nur ilovasida to'liq o'qish →