NUR
Hakamlar 14
1Bir kuni Shimsho‘n Timnax degan shaharga bordi. Timnaxda u bir Filist qizni ko‘rib qoldi.
2Uyiga qaytib kelgach ota–onasiga shunday dedi: — Men Timnaxda bir Filist qizni ko‘rdim. Uni menga olib beringlar.
3— O‘z xalqimiz orasida qiz qurib qolibdimi?! Endi borib sunnatsiz Filistlardan qiz olishimiz qolgandi, — deb javob berdi ular. Ammo Shimsho‘n otasiga: — Menga o‘sha qizni olib bering, men uni yoqtirib qoldim, — deb turib oldi.