NUR
Ishayo 7
1Uzziyoning nabirasi, Yo‘tomning o‘g‘li Oxoz hukmronligi davrida Oram shohi Ratan va Ramaliyo o‘g‘li Isroil shohi Pekax Quddusga kelib, saf tortdilar. Ammo uni bosib ololmadilar.
2Dovud xonadoniga: “Oram lashkari Efrayim xalqi bilan ittifoq tuzibdi”, degan xabar yetib keldi. Shoh Oxoz hamda xalq shunchalik vahimaga tushdilarki, hammalari shamolda tebrangan daraxtday titradilar.
3Shunda Egamiz Ishayoga dedi: “Sen o‘g‘ling Sheryosub bilan katta yo‘lga chiqqin. U yo‘l kir yuvuvchining dalasi tomon ketgan. Yuqori hovuz arig‘ining oxiri bo‘lgan o‘sha joyda Oxozni kutib olib,