NUR
Ishayo 54
1Egam aytar: “Ey bola ko‘rmagan bepusht ayol! Shodlikdan hayqir! Ey to‘lg‘oq og‘rig‘ini bilmagan ayol! Sevinchdan hayqir! Axir, tashlab ketilgan ayolning bolalari Eri bor xotinnikidan ham ko‘proq bo‘ladi.
2Chodiring joyini kengaytirgin, Chodiring pardalarini keng cho‘zdirgin! Hech narsani ayama! Arqonlaringni uzun tashlagin, Qoziqlaringni mahkam qoqqin!
3Axir, mulking o‘ngu so‘lga kengayib ketadi. Avloding xalqlarni mulk qilib oladi, Ular tashlandiq shaharlarni to‘ldiradi.