NUR
Ishayo 51
1Egam aytar: “Ey najotga umid bog‘laganlar, Men, Rabbiyga intilayotganlar, Menga quloq soling! O‘zingiz kesib olingan qoyaga qarang, O‘zingiz qazib olingan konga qarang.
2Otangiz Ibrohimga boqing, Sizni tuqqan Soraga qarang. Ibrohimni chaqirganimda, u yolg‘iz edi, Men unga baraka berib, ko‘paytirdim.
3Mana, Men, Egangiz, Quddusga tasalli beraman, Uning barcha vayronalariga tasalli beraman. Uning sahrosini Adan bog‘iga aylantiraman, Uning cho‘lini Mening bog‘imday qilaman. U yerda shodlik, sevinch bo‘ladi, Shukronalik, qo‘shiq sadosi yangraydi.