NUR

Ishayo 48

1Eshiting buni! Ey Yoqub xonadoni! Ey Isroil nomi bilan ataladiganlar, Yahudo urug‘idan chiqqanlar! Sizlar Egamizning nomi bilan qasam ichasizlar, Isroil xalqining Xudosini tilga olasizlar, Ammo haqiqat va solihlik bilan emas.

2Ha, sizlar o‘zingizni muqaddas shahar nomi ila atadingiz, Isroil xalqining Xudosiga tayandingiz, Axir, Uning nomi Sarvari Olamdir.

3Egamiz sizlarga shunday dedi: “Bo‘lib o‘tganlarni oldindan Men aytdim, Og‘zimdan chiqishi bilan bularni bildirdim, Birdaniga harakat qildim va ular sodir bo‘ldi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →