NUR
Ishayo 37
1Shoh Hizqiyo bularni eshitgach, qayg‘udan liboslarini yirtdi. Qanorga o‘ranib, Egamizning uyiga bordi.
2Hizqiyo bosh vazir Eliyaqimga, kotib Shavna va oqsoqol ruhoniylarga, qanorga o‘raninglar, dedi–da, ularni Omiz o‘g‘li Ishayo payg‘ambar oldiga yubordi.
3Ular Ishayoga shunday dedilar: — Hizqiyo aytyaptiki: “Bugun jafo chekyapmiz, tanbeh eshityapmiz, sharmanda bo‘lyapmiz. Biz ko‘zi yoriyotgan, lekin tug‘ish uchun madori qolmagan ayolga o‘xshaymiz.