NUR

Ishayo 36

1Hizqiyo shohligining o‘n to‘rtinchi yilida Ossuriya shohi Sanxariv Yahudo yurtiga hujum qildi. Uning hamma mustahkam shaharlarini bosib oldi.

2Laxish shahridan Ossuriya shohi o‘z mulozimini katta lashkar bilan Quddusdagi shoh Hizqiyoga yubordi. U Yuqori hovuz arig‘i yonida to‘xtadi. Bu ariq kir yuvuvchining dalasiga boradigan yo‘lda edi.

3Shunda Xilqiyo o‘g‘li Eliyaqim, Shavna va Osif o‘g‘li Yo‘x Quddusdan chiqib, mulozimning yoniga bordilar. Shoh Hizqiyoning saroyida Eliyaqim bosh vazir bo‘lib, Shavna kotib, Yo‘x esa mushovir bo‘lib xizmat qilar edilar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →