NUR
Ishayo 30
1Egam aytar: “Eh, itoatsiz xalqim! Ularning holiga voy! Mensiz maslahatlar qilishadi. Sulhlar tuzadi, lekin Mening Ruhim yo‘q–ku ularda! Ha, xalqim gunoh ustiga gunoh orttiraveradi.
2Axir, Mendan so‘ramasdan Misrga boryaptilar, Fir’avndan panoh so‘ryaptilar, Misrdan boshpana istayaptilar.
3Ammo fir’avnning himoyasi ularga sharmandalik bo‘ladi, Misrning boshpanasi ularni uyatga qoldiradi.