NUR
Ishayo 15
1Mo‘ab haqida bashorat. Vayrona bo‘ldi tunda, Mo‘abdagi Or shahri nidosiz yotar. Vayrona bo‘ldi tunda, Mo‘abdagi Xir shahri nidosiz yotar.
2Mo‘ab xalqi o‘z xudosining uyiga chiqdi faryod qilgani, Ha, Dibonliklar sajdagohiga chiqdi nola qilgani. Har birining boshi qirilgan, Har birining soqoli olingan, Navo va Midavo shaharlari uchun Mo‘ab nola chekar.
3Ko‘chalarda xalq qanorga o‘rangan. Tomlarda, xiyobonlarda faryod qilib, Hammasi ko‘z yoshlarini to‘kar.