NUR

Xo'sheya 5

1Egamiz shunday deydi: “Ey ruhoniylar, eshiting buni! Diqqat qilgin, Isroil xalqi! Quloq solgin, shoh xonadoni! Sizning ustingizdan hukm ketyapti. Sizlar Mispaxda odamlar uchun tuzoq bo‘ldingiz, Tovur tog‘ida yoyilgan to‘r bo‘ldingiz.

2Qotillikka botgan isyonchi sizlar! Men hammangizning adabingizni beraman.

3Ey Efrayim, juda yaxshi bilaman seni, Isroil, Mendan yashira olmassan o‘z qilmishingni. Sen, Efrayim, Xudoga bevafo bo‘lding, Ey Isroil, o‘zingni harom qilding.

Nur ilovasida to'liq o'qish →