NUR

Xo'sheya 3

1Egamiz menga dedi: “Qani bor, Xo‘sheya! O‘ynashi bor o‘sha suyuq oyoq xotiningga boshqatdan ko‘ngil qo‘y. Men Isroil xalqini qanday sevsam, sen ham xotiningni shunday sevgin. Zotan xalqimning ham ko‘ngli boshqa xudolarga chopadi, mayizli kulchalarni ularga nazr qilishni xalqim yaxshi ko‘radi.”

2Shunday qilib, men o‘n besh kumush tanga va to‘qqiz savat arpaga o‘z xotinimni sotib oldim.

3Unga dedim: “Sen uzoq vaqt davomida menikida yashaysan. Fohishalik qilmaysan. O‘sha vaqt mobaynida birorta erkakka yaqinlashmaysan, men ham senga yaqinlashmayman.”

Nur ilovasida to'liq o'qish →