NUR
Ibroniylarga 8
1Aytgan gaplarimizning mag‘zi quyidagicha: bizning shunday Oliy ruhoniyimiz borki, U samoda, Ulug‘vor Xudo taxtining o‘ng tomonida o‘tiribdi.
2U samodagi haqiqiy Chodirning Eng muqaddas xonasida xizmat qilyapti. Bu Chodirni inson emas, balki Egamizning O‘zi qurgandir.
3Har bir oliy ruhoniy Xudoga nazrlar va qurbonliklar keltirish uchun tayin etiladi. Shunday ekan, bizning Oliy ruhoniyimizning ham keltiradigan biror nazri bo‘lishi lozim edi.