NUR
Ibroniylarga 7
1Maliksidiq — Salim shohi va Xudoyi Taoloning ruhoniysi edi. Ibrohim to‘rtta shohni mag‘lub etib, qaytib kelayotganda, Maliksidiq uni kutib olgani chiqib, duo qilgan edi.
2Ibrohim esa Maliksidiqqa olgan hamma o‘ljasining o‘ndan birini bergandi. Maliksidiq ismining ma’nosi “adolat shohi” demakdir. U yana “tinchlik shohidir”, chunki Salim “tinchlik” ma’nosini beradi.
3Uning na otasi, na onasi, na nasabnomasi bor. Hayotining boshi ham, oxiri ham yo‘q. U Xudoning O‘g‘li singari to abad ruhoniy bo‘lib qoladi.