NUR

Ibroniylarga 4

1Xudoning farog‘at diyoriga kirish haqidagi va’dasi hanuz kuchda qolgan. Shuning uchun ehtiyot bo‘laylik, tag‘in va’da qilingan farog‘at diyoriga kirishga nomunosib bo‘lib qolmaylik.

2Axir, farog‘at diyori haqidagi Xushxabar Isroil xalqiga sahroda e’lon qilinganday, bizga ham e’lon qilindi. Ammo ular bu Xushxabarni eshitsalar ham, uning qadriga yetmadilar. Ular bizga o‘xshab, bu xabarga quloq solganlarida edi, ishongan bo‘lar edilar.

3Biz bu xabarga ishonganimiz uchun farog‘at diyoriga kiramiz. Ishonmaganlar haqida esa Xudo shunday degandi: “Shuning uchun g‘azablanib, ont ichdim: ‘Ular farog‘at diyorimga kirmaydi.’” Holbuki, Xudo farog‘at diyorini dunyoni yaratganidayoq tayyorlab qo‘ygan.

Nur ilovasida to'liq o'qish →