NUR

Ibroniylarga 3

1Ey birodarlarim, sizlar Xudoning aziz xalqisizlar. Xudo sizlarni O‘z huzuriga kirishga da’vat etgan. Kelinglar, Xudoning elchisi va biz e’tirof etgan e’tiqodimizning oliy ruhoniysi Iso haqida mulohaza qilaylik.

2Xudo Isoni Oliy ruhoniy qilib tayinladi. Muso Xudoning xonadonida sodiq xizmatkor bo‘lgani kabi, Iso ham Xudoga sodiq bo‘ldi.

3Biroq Iso Musodan ko‘ra ko‘proq ulug‘vorlikka loyiq bo‘ldi. Axir, uydan ko‘ra uni qurgan odam ko‘proq e’tiborga sazovor–ku!

Nur ilovasida to'liq o'qish →