NUR

Ibroniylarga 10

1Qonun bo‘lg‘usi xayr–barakalarning asl surati emas, bor–yo‘g‘i soyasidir. Har yili qonun bo‘yicha Xudoga bir xil qurbonliklar keltiriladi. Demak, qonun bu qurbonliklar orqali Xudoga sajda qiluvchilarni kamolotga yetkaza olmaydi.

2Bordi–yu, o‘sha odamlar qurbonliklari orqali gunohdan poklana olganlarida edi, ularning vijdoni qiynalmasdi va ular qurbonlik keltirishni bas qilardilar.

3Holbuki, qurbonliklar har yili odamlarga gunohlarini eslatadi, xolos.

Nur ilovasida to'liq o'qish →