NUR
Xabaqquq 1
1Xabaqquq payg‘ambarga vahiy orqali ayon bo‘lgan bashorat.
2Ey Egam, qachongacha Sendan yordam so‘rab yolvoray?! Menga quloq solasanmi o‘zi?! Qachongacha: “Zo‘ravonlikdan qutqar!” — deb iltijo qilay?! Bizga najot berasanmi o‘zi?!
3Nima uchun nohaqlikka qarab turishim kerak?! Bunday haqsizlikka qanday chiday olyapsan?! Atrofimga nazar solsam, zo‘ravonligu talonchilikni ko‘raman. Janjal bilan urush avj olmoqda.