NUR
Ibtido 41
1Oradan ikki yil o‘tdi. Bir kuni Misr fir’avni tush ko‘rdi. Tushida u Nil daryosi bo‘yida turgan emish.
2Bir payt daryodan yettita boqilgan, semiz sigir chiqib, qirg‘oqdagi o‘tlarni yeya boshlabdi.
3So‘ngra daryodan yana yettita sigir chiqibdi. Bu sigirlar juda ham xunuk, oriq ekan. Bular semiz sigirlarning yoniga kelib turibdi.