NUR
Ibtido 20
1Ibrohim bu yerdan ko‘chib, janubga — Nagav cho‘li tomonga yo‘l oldi va Kadesh bilan Shur oralig‘ida joylashdi. Keyinroq Garorga ketdi. U yerda bir oz yashadi.
2Ibrohim bu yerdagi odamlarga xotini Sorani, u mening singlim, deb aytar edi. Garor shohi Abumalek odam yuborib, Sorani saroyiga oldirib keldi.
3Abumalek kechasi tush ko‘rdi. Tushida Xudo zohir bo‘lib, unga dedi: “Sen mana shu xotinni olganing uchun o‘lasan, chunki uning eri bor.”