NUR

Ibtido 16

1Ibromning xotini Soray hamon bola ko‘rmas edi. Soray Misrlik Hojar degan bir ayolni cho‘ri qilib olgan edi.

2Bir kuni Soray Ibromga aytdi: — Egamiz meni farzanddan qisdi. Endi cho‘rimning yoniga kiravering. Balki u orqali farzandli bo‘larman. Ibrom Sorayning taklifiga rozi bo‘ldi.

3Shunday qilib, Ibromning xotini Soray Misrlik cho‘risi Hojarni eriga xotin qilib olib berdi. Bu voqea yuz berganda, Ibrom Kan’on yurtiga kirganiga o‘n yil bo‘lgan edi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →