NUR
Hizqiyo 41
1Keyin o‘sha odam meni Ma’badning asosiy xonasiga olib kirdi. U asosiy xona eshigining ikki yon devorini o‘lchadi. Yon devorlarning qalinligi 6 tirsak chiqdi.
2Ostonaning eni 10 tirsak, ostona ikki yon devorlarining uzunligi 5 tirsakdan chiqdi. So‘ngra o‘sha odam asosiy xonani o‘lchadi. Xonaning uzunligi 40 tirsak, eni 20 tirsak chiqdi.
3Keyin u asosiy xonadan Ma’badning ichkari xonasiga kirib, ichkari xona eshigining yon devorlarini o‘lchadi. Yon devorlarning qalinligi 2 tirsak chiqdi. Ostonaning eni 6 tirsak, ostona ikki yon devorlarining uzunligi esa 7 tirsakdan chiqdi.