NUR
Hizqiyo 20
1Surgun bo‘lgan paytimizning yettinchi yili beshinchi oyning o‘ninchi kunida, ayrim Isroil oqsoqollari Egamizga maslahat solmoqchi bo‘lib, oldimga keldilar. Ular ro‘paramga o‘tirdilar.
2Shunda Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
3“Ey inson, Isroil oqsoqollariga ayt, Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Sizlar hali Menga maslahat solmoqchi bo‘lib keldingizlarmi?! Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, sizlarga hech qanday maslahat bermayman!” deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.