NUR

Hizqiyo 11

1Ruh meni ko‘tarib, Egamiz uyining sharqiy darvozasiga olib bordi. Darvoza yonida men yigirma besh nafar kishini ko‘rdim. Ularning orasida xalq rahnamolaridan Ozzur o‘g‘li Yazaniyo va Binayo o‘g‘li Pilatiyo bor edi.

2Egamiz menga shunday dedi: — Ey inson, mana bu odamlarning niyati yomon. Ular shahardagilarga bo‘lmag‘ur maslahatlar berib yurishibdi.

3O‘sha buzuq odamlar shunday deydilar: “Hozir imoratlar solishning hojati yo‘q. Bu shahar qozon kabidir, biz esa qozonda saqlangan go‘shtdaymiz.”

Nur ilovasida to'liq o'qish →