NUR

Hizqiyo 10

1Qarasam, karublar tepasidagi gumbaz uzra zangori yoqutga o‘xshash bir narsa paydo bo‘ldi. O‘sha narsa taxt shaklida edi.

2Xudo zig‘ir libos kiygan kishiga shunday dedi: “Qani bo‘l, karublar ostidagi g‘ildiraklar orasiga kirib, u yerdan bir hovuch yonayotgan qo‘mirdan olib chiq. Ko‘mirni shaharning hamma yog‘iga sochib tashla.” O‘sha kishi g‘ildiraklar orasiga kirib ketdi. Men esa uni kuzatib turdim.

3U kirgan paytda karublar Egamiz uyining janub tomonida turgan edilar, ichki hovlini esa bulut qoplagan edi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →