NUR

Hizqiyo 1

1O‘ttizinchi yil, to‘rtinchi oyning beshinchi kuni. Men, Buzi o‘g‘li ruhoniy Hizqiyol, surgunda yashayotgan odamlar bilan birga Bobildagi Kavor daryosining bo‘yida edim. Shunda osmon qopqasi ochildi–da, Xudodan menga vahiylar keldi. Bu voqea shoh Yohayixin surgundaligining beshinchi yilida sodir bo‘ldi. O‘sha kuni Kavor daryosi bo‘yida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi. Men Egamizning qudratini yaqqol sezib turar edim.

2Qarasam, shimoldan bo‘ron turdi. Ulkan bir bulutdan chaqmoq chaqar edi, bulut atrofi yarqirab turardi. Bulutning olovli markazi sayqal misday tovlanardi.

3O‘shaning o‘rtasida men to‘rtta jonli mavjudotni ko‘rdim. Ular inson qiyofasida edi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →