NUR
Chiqish 22
1Birortasi mol yoki qo‘yni o‘g‘irlab, so‘ysa yoki sotsa, o‘g‘ri molning evaziga beshta mol, qo‘yning evaziga to‘rtta qo‘y to‘lasin.
2O‘g‘irlangan hayvonni o‘g‘ri qaytarishi kerak bo‘lsa–yu, lekin o‘g‘ri tovon to‘lay olmasa, u o‘g‘irlagan hayvon evaziga qul qilib sotilsin. O‘g‘irlangan hayvon tiriklayin o‘g‘rining qo‘lida topilsa, topilgan hayvon mol bo‘ladimi yo eshak yoki qo‘y bo‘ladimi, ikki baravar qilib tovon to‘lasin. Birortasi kechasi devor teshayotgan o‘g‘rini ko‘rib qolib, o‘g‘rini urib o‘ldirib qo‘ysa, o‘g‘rini o‘ldirgan odam aybdor emas. Agar o‘g‘irlik kunduzi sodir bo‘lsa, qon to‘kkan odam aybdor bo‘ladi.
3Agar birortasi birovning dalasiga yoki uzumzoriga chorvasini o‘tlatgani qo‘yib yuborsa, chorva ekinzorni yoki uzumzorni payhon qilsa, chorva egasi o‘zining dalasidan yoki uzumzoridan yaxshi hosilini dalaning egasiga qaytarib berishi lozim.