NUR
Chiqish 17
1Isroil xalqining butun jamoasi har doim Egamizning amriga rioya qilib, bir joydan boshqa joyga ko‘chib, Sin sahrosidan ketdi. Rafidimda qarorgoh qurgan edi, lekin u yerda Isroil xalqi uchun ichgani suv yo‘q ekan.
2Ular Musoga: “Bizga ichgani suv ber”, deb nolidilar. Shunda Muso: — Nimaga menga noliyapsizlar?! — dedi. — Nima uchun Egamizni sinayapsizlar?!
3Lekin xalq chanqagan edi. “Nimaga bizni Misrdan olib chiqding?! O‘zimizni, bolalarimizni, chorvamizni suvsizlikdan o‘ldirish uchun olib chikqan ekansan–da?!” deb Musoga ming‘irlab nolidi.