NUR

Chiqish 16

1Isroil xalqining butun jamoasi Ilimdan chiqib jo‘nadi. Ular Misrdan chiqqanlaridan keyin bir oy o‘tgach, Ilim bilan Sinay oralig‘idagi Sin sahrosiga yetib keldilar.

2Ular sahroda turar ekanlar, hammalari ming‘irlab Muso bilan Horundan nolishdi:

3“Qaniydi Egamiz bizni Misrda o‘ldirib qo‘ya qolganda edi! Biz Misrda go‘sht solingan qozon boshida o‘tirardik, to‘ygunimizcha non yerdik. Sizlar esa, butun jamoa ochlikdan o‘lib ketsin, deb bizni sahroga olib keldingiz.”

Nur ilovasida to'liq o'qish →