NUR

Ester 8

1O‘sha kuni shoh Axashverash yahudiylar dushmani Xomonning mol–mulkini malika Esterga in’om qildi. Mordaxay shoh huzuriga kirib chiqadigan bo‘ldi. Chunki malika Mordaxayning o‘ziga qarindosh ekanini aytgan edi.

2Shoh Xomondan qaytarib olgan muhr uzugini barmog‘idan chiqarib Mordaxayga berdi. Ester esa Mordaxayni Xomonning mol–mulki ustidan boshqaruvchi qilib tayinladi.

3Ester shoh bilan yana gaplashdi. Shohning oyog‘iga yiqilib “O‘gax naslidan bo‘lgan Xomonning yahudiylarga qarshi o‘ylagan xusumatini va rejasini daf qiling”, deb yig‘lab yolvordi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →