NUR
Ester 7
1Shoh va Xomon malika Ester bilan yeb–ichish uchun unikiga kelishdi.
2Ular ikkinchi kuni ham sharobxo‘rlik qilishayotganda, shoh Esterga yana aytdi: — Qanday istaging bor, malika Ester? Istaging qondiriladi. Qanday iltimosing bor, malikam? Yarim shohlikni so‘rasang ham, beriladi.
3Shundan keyin malika Ester gapirdi: — Shoh hazratlari! Agar o‘zlari mendan mamnun bo‘lsalar, agar shohim ma’qul ko‘rsalar, istagim shuki, jonimni saqlab qolsinlar, tilagim shuki, mening xalqim joniga rahm qilsinlar!