NUR
Ester 2
1Axashverash g‘azabidan tushgandan keyin, Vashti va uning qilmishi, Vashtining ustidan chiqarilgan hukm esiga tushib qoldi.
2Shohning a’yonlari aytdilar: “Shohimiz uchun yosh, chiroyli qizlar qidirilsin.
3Buning uchun shohimiz qo‘li ostidagi viloyatlarda nazoratchilar tayin qilinsin, ular chiroyli barno qizlarni shohimizning xizmatkori, haram og‘asi Xegay nazorati ostida Shushan qal’asidagi haramga to‘plasinlar, qizlarga pardoz bersinlar.