NUR
Voiz 9
1Bularning hammasini yuragimga joylab, ular haqida yaxshilab o‘yladim: solihlar ham, donolar ham, ularning ishlari ham Xudoning qo‘lida ekan, hatto ularning sevgisi ham, nafrati ham Xudoning qo‘li ostida ekan. Hech kim kelajakda nima bo‘lishini bilmaydi.
2Hammaning taqdiri bir xil, solihning ham, fosiqning ham, yaxshining ham, yomonning ham, halolning ham, haromning ham, qurbonlik qiladiganlarning ham, qurbonlik qilmaydiganlarning ham taqdiri birdir. Gunohkorlarga nima bo‘lsa, yaxshilarga ham shunday bo‘ladi, xudojo‘ylik bilan nazr qiladiganlarning ham, chin ko‘ngildan nazr qilmaydiganlarning ham qismati bir.
3Bu dunyoda bo‘layotgan hamma ishlarning qayg‘uliligi shundadir: hammaning taqdiri bir xil. Shuning uchun hammaning yuragi g‘azabu alamga to‘la, hayotliklarida yuragi telbalik bilan to‘la. Keyin esa ular bu olamdan o‘tadilar.