NUR
Qonunlar 5
1Muso jamiki Isroil xalqini bir joyga yig‘ib, ularga aytgan nutqini dovom ettirdi. Ey Isroil xalqi, eshitinglar! Bugun men sizlarga aytayotgan farmonlar va qonun–qoidalarga quloq solinglar. Bularni yod olib, bitta qoldirmay bajaringlar.
2Egamiz Xudo biz bilan Sinay tog‘ida ahd qildi.
3U nafaqat ota–bobolarimiz bilan, balki shu yerda turgan har bir odam bilan ahd qildi.