NUR
Qonunlar 32
1Ey samo, quloq sol, men gapiraman. Ey zamin, og‘zimdan chiqqan so‘zlarni eshit.
2Ta’limotim yomg‘ir kabi yog‘sin, So‘zlarim shudring kabi tushsin, Maysalarni siypalaydigan yomg‘ir tomchilariday, O‘tlar ustiga yog‘adigan mo‘l yomg‘irday bo‘lsin.
3Egamizning nomini ulug‘layman! Xudoyimizning buyukligiga hamdlar o‘qing!