NUR
Qonunlar 10
1Shundan keyin Egamiz menga dedi: “Ikkita tosh lavhani kesib ol. Ular oldingilariga o‘xshagan bo‘lsin. Keyin toqqa Mening oldimga chiq. Yana yog‘ochdan bir sandiq yasa.
2Men o‘sha tosh lavhalarga sen sindirgan lavhalardagi amrlarni yozaman. Sen lavhalarni sandiqqa solib qo‘yasan.”
3Shunday qilib, men akas yog‘ochidan sandiq yasadim, oldingisiga o‘xshagan ikkita tosh lavhani kesib oldim. Keyin ikkala toshni ko‘tarib, toqqa chiqdim.