NUR
Doniyor 9
1Bobil taxtiga o‘tirgan Midiyalik Axashverash o‘g‘li Doro hukmronligining ilk davri.
2Men Doro hukmronligining dastlabki yilida payg‘ambarlar yozib qoldirgan bitiklarni mutolaa qilishga kirishgan edim. Egamiz payg‘ambar Yeremiyoga aytgan so‘zlariga ko‘ra, Quddus yetmish yil davomida xarob bo‘lib yotishini bilib oldim.
3Shunda men Rabbiy Xudoga yolvordim, ro‘za tutib, qanorga o‘randim, kulga belanib, iltijo qildim.