NUR
Doniyor 7
1Bobil shohi Belshazar hukmronligining birinchi yilida Doniyor bir tush ko‘rdi. U ko‘rgan tushi haqida shunday yozdi:
2“Men tushimda bir vahiy ko‘rdim. Osmonning to‘rt tomonidan esayotgan qattiq shamol ulkan bir dengizni to‘lqinlantirayotgan edi.
3O‘sha dengizdan bir–biriga o‘xshamaydigan to‘rtta bahaybat maxluq chiqdi.