NUR
Havoriylar 28
1Biz qirg‘oqqa eson–omon yetib borganimizdan keyin, bildikki, bu orolning nomi Malta ekan.
2Yerli aholi bizga g‘oyat do‘stona munosabatda bo‘ldi. Yomg‘ir yog‘ayotgani va sovuq bo‘lgani uchun ular olov yoqib, hammamizni olov atrofiga taklif qildilar.
3Pavlus shox–shabba yig‘ib kelib, olov ustiga tashlayotganda, bir zaharli ilon issiqdan qochib, uning qo‘liga osilib qoldi.