NUR
3 Yuhanno 1
1Chin ko‘ngildan yaxshi ko‘radigan aziz birodarim Gayga men — oqsoqoldan salom!
2Aziz do‘stim, hamma ishlaringga Xudodan rivoj tilayman. Tanang ruhing singari sog‘–salomat bo‘lsin.
3Har safar birodarlarimiz kelib, sening haqiqatga sodiq qolganingni va haqiqat bo‘yicha yashayotganingni aytishganda, men g‘oyat xursand bo‘laman.