NUR

2 Timo'tiyga 4

1Xudo huzurida hamda tirigu o‘liklarni hukm qiladigan Iso Masih huzurida, Uning kelishi va hukmronligi haqi, senga qat’iy buyuraman:

2Xudoning kalomini targ‘ib qil. “Hozir buning vaqtimi, vaqti emasmi?” demay, uni astoydil e’lon qil. Odamlarga ta’lim berib, ularni to‘g‘ri yo‘lga sol, tanbeh ber, nasihat qil. Hammasini sabr–toqat bilan bajar.

3Chunki shunday vaqt keladiki, odamlar sog‘lom ta’limotga toqat qilmaydigan bo‘ladilar, ular atrofiga o‘zlariga mos, quloqlariga yoqimli so‘zlar aytadigan muallimlar to‘playdilar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →