NUR

2 Shohlar 21

1Dovud shohligi paytida uch yil muttasil ocharchilik hukm surdi. Dovud Egamizdan shu haqda so‘ragan edi, Egamiz shunday javob berdi: “Qon to‘kkan Shoul va uning xonadoni bu ocharchilikka sababchi, chunki Shoul Givonliklarni qirgan edi.”

2Shundan so‘ng shoh Givonliklarni chaqirtirib keldi va ular bilan gaplashdi. Givonliklar Isroil qavmlaridan bo‘lmay, Amor xalqlarining qolgan–qutgani edi. Isroil xalqi ularga, sizlarni tirik qoldiramiz, deb ont ichishgan edi–yu, lekin Shoul Isroil va Yahudo xalqi butun yurtni nazorat qilsin, deb istagan va ularni qirib tashlashga harakat qilgan edi.

3Xullas, Dovud: — Sizlar uchun nima qilay? — deb so‘radi Givonliklardan. — Egamning xalqini duo qilishingiz uchun bu gunohni qanday yuvsam bo‘ladi?

Nur ilovasida to'liq o'qish →