NUR
2 Shohlar 19
1Shoh Dovud Absalom uchun ko‘z yoshi to‘kib, aza tutayotir, deb Yo‘abga xabar berishdi.
2Dovudning sipohlari ham: “Shoh o‘g‘li uchun aza tutyapti ekan”, deb eshitishdi. Shunday qilib, o‘sha kungi zafar barcha lashkar uchun azaga aylandi.
3O‘sha kuni sipohlar xuddi urushdan qochganlarday, shaharga xijolat tortib, pisib kirishdi.