NUR
2 Shohlar 12
1Egamiz payg‘ambar Natanni Dovudning huzuriga jo‘natdi. Natan Dovudning huzuriga kelib gap ochdi: — Bir shaharda ikki odam yashar ekan. O‘sha odamlardan biri boy, boshqasi kambag‘al ekan.
2Boyning juda ko‘p mol–qo‘ylari bor ekan.
3Kambag‘alning esa bittagina sotib olib boqayotgan sovliq qo‘zichoqdan boshqa hech narsasi yo‘q ekan. Qo‘zichoq kambag‘al odamning uyida bolalar bilan birga katta bo‘layotgan ekan. Qo‘zichoq uning taomidan yeb, idishidan suv ichar, qo‘ynida uxlarkan. Qisqasi, qo‘zichoq o‘sha odamning qiziday ekan.