NUR
4 Shohlar 4
1Ilgari payg‘ambarlar guruhida bir payg‘ambar bo‘lar edi. O‘sha payg‘ambarning bevasi Elishayning oldiga kelib faryod qildi: — Sizga xizmat qilib yurgan mening erim vafot qildi. O‘zingiz bilasiz, u Egamizdan qo‘rqardi. Bir odam oldin qarz bergan edi. Endi u ikkala o‘g‘limni o‘ziga qul qilib olib ketgani keldi.
2Shunda Elishay: — Ayt–chi, sen uchun men nima qilay? Uyingda nima bor? — dedi. — Bu cho‘ringizning uyida zaytun moyi solingan xumchadan boshqa hech vaqo yo‘q, — dedi ayol.
3— Bor, hamma qo‘shnilaringdan bo‘sh idishlarini so‘rab ol, — dedi Elishay. — Iloji boricha ko‘proq so‘rab ol.