NUR
4 Shohlar 21
1Manashe o‘n ikki yoshida shoh bo‘lib, Quddusda ellik besh yil hukmdorlik qildi. Onasining ismi Xafzibo edi.
2U Egamiz oldida qabih ishlar qildi. Egamiz xalqi Isroilning oldidan quvib yuborgan xalqlarning jirkanch odatlariga ergashdi.
3Otasi Hizqiyo yo‘q qilgan sajdagohlarni qaytadan barpo etdi. U Isroil shohi Axab kabi, Baalga atab qurbongohlar qurdi, Asheraning ustunini o‘rnatdi. Barcha samoviy jismlarga sajda qilib xizmat etdi.