NUR
4 Shohlar 14
1Isroil shohi Yoho‘sh ikkinchi yili shohlik qilayotganda, Emoziyo Yahudo shohi bo‘ldi. Emoziyo Yo‘shning o‘g‘li edi.
2Emoziyo shoh bo‘lganda, yigirma besh yoshda edi. U Quddusda yigirma to‘qqiz yil hukmronlik qildi. Onasi Qudduslik bo‘lib, ismi Yohuvaddon edi.
3Emoziyo Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qilsa ham, bobosi Dovud kabi emasdi. U har qanday ishni otasi Yo‘sh kabi qildi.